AL XORAZMIY UNIVERSITETI HAQIDA 5 FAKT


✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.04.2025-yilgi PQ-160-son (https://lex.uz/docs/7504022) Qaroriga ko‘ra, Xorazm viloyati, Urganch shahrida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etildi. 

➖ Universitetda quyidagi bakalavriat yo‘nalishlari mavjud:

🛬 Dron texnologiyalar muhandisligi;
💻 Sun’iy intellekt;
💻 Dasturiy ta’minot muhandisligi. 

⌛️Universitetda o‘qish muddati 4 yil bo‘lib, darslar mahalliy va chet ellik tajribali professorlar tomonidan jahon standartlari asosida olib boriladi.

📊 Al-Xorazmiy universiteti talabalarga 4 yillik 100% va 1 yillik tabaqalashtirilgan grantlarni taklif etadi.

❗️Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda o'qiyotganida saqlanib qolishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin. 

✅Universitetga hujjat topshirish uchun talabgordan ingliz tilidan minimum IELTS 5.5, CEFR B2, TOEFL iBT 46  sertifikatlaridan biriga ega bo‘lish talab etiladi. Imtihon matematika va mantiqiy fikrlashdan tashkil etiladi. 

🔴 Ayni damda Al-Xorazmiy universitetiga qabul jarayonlari davom etmoqda: https://admission.newuu.uz/akhu/cabinet/login