Andijonda kitob oʻqigan onalarga 6 oylik kommunal toʻlovlar toʻlab beriladi

https://yuz.uz/uz/news/andijon-tumanida-kitob-oqigan-onalarga-6-oylik-kommunal-tolovlar-tolab-beriladi 

Andijon tuman hokimi Boburjon Yuldashev tashabbusi bilan 20 yoshdan, 45 yoshgacha boʻlgan onalar oʻrtasida “Maʼrifatli ona“ kitobxonlik tanlovi oʻtkazilishi eʼlon qilindi.

Uch nafar 1-oʻrin egalariga 6 oylik elektr, gaz, ichimlik suvi va boshqa turdagi kommunal toʻlovlarga vaucher beriladi.

Uchta 2-oʻringa 4 oylik kommunal toʻlovlarga vaucher

Uchta 3-oʻringa 2 oylik kommunal toʻlovlarga vaucher beriladi.