“Barkamol avlod” bolalar maktablari oʻquvchilari Turkiya davlatining Antaliya shahrida “23-aprel — Xalqaro bolalar kuni” bolalar festivalida

Turkiya davlatining Antaliya shahrida “23-aprel — Xalqaro bolalar kuni” munosabati bilan oʻtkazilayotgan XXVI Xalqaro Antaliya bolalar festivalida yurtimizning Samarqand, Jizzax va Fargʻona viloyatlari “Barkamol avlod” bolalar maktablari oʻquvchilari ham ishtirok etmoqda.✅

 Festivalning “Xalqlar doʻstligi” milliy raqslar dasturida Samarqand viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Koʻzmunchoq” raqs ansambli oʻquvchilari estoniyalik va qirgʻizistonlik oʻquvchilar bilan hamkorlikda tayyorlangan raqslarini ijro etishdi.

  Tadbir doirasida ishtirokchi jamoalar oʻquvchilari Antaliya shahri hokimligi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.