BIZ CHEKISHGA QARSHIMIZ!

Bugun Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tayanch doktoranti Nodirbek Murodov tomonidan "Alfraganus" universitetida “Biz chekishga qarshimiz!” aksiyasi doirasida davra suhbati oʻtkazildi.


Suhbat davomida chekish va uning oqibatlari haqida ma’ruzalar qilindi. Taqdimot, targʻibot materiallari ulashildi.