
Bogʻcha tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat festivali” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Shaxmat festivali” musobaqasiga start berildi. Unda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilari (oʻgʻil va qiz bola) ishtirok etmoqda.
📍 Musobaqani oʻtkazishdan asosiy maqsad, maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining shaxmat sport turiga qiziqishlarini yanada oshirish, ularning aqliy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat.
✅ Bahslar toʻrt bosqichda:
➖ maktabgacha taʼlim tashkiloti bosqichi — 1-11-aprel kunlari;
➖ tuman (shahar) bosqichi — 14-18-aprel kunlari;
➖ hududiy bosqich — 21-25-aprel kunlari;
➖ respublika bosqichi 1-2-may kunlari tashkil etiladi.
Soʻnggi bosqich sinovlarida hududiy bahslarda gʻolib boʻlgan 28 nafar tarbiyalanuvchi (14 nafar oʻgʻil va 14 nafar qiz bola) qatnashadi.
👉 Gʻolib ishtirokchilar vazirlikning maxsus Diplomi hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.