
“Bolakay” loyihasi. Diqqat, mikrofon bolalarda!
Diqqat, mikrofon bolalarda! 👦👧🧒🔥
Kattalarda “Bolalar bizni eshitishi kerak” degan stereotip bor. Aslida bugungi zamon biz bolalarni ko‘proq eshitishimiz kerakligini taqozo etyapti.
“Bolakay” loyihasining ilk sonidagi mehmonlar bilan tanishtiramiz:
Yasmina Husniddinova – 12 yosh. Toshkent shahridagi 51-maktab oʻquvchisi. Yosh xonanda. Bir qator xalqaro tanlovlar gʻolibasi. "Ovoz bolalar" teleloyihasi finalchisi.
Abdurahmon Qosimov – 15 yosh. Toshkent shahridagi 11-maktab oʻquvchisi. Robototexnik. "Ginnesning rekordlar kitobi"dan joy olgan ishda faol qatnashgan. Robo-futbol boʻyicha xalqaro musobaqalar g‘olibi.
Bolalar kontentini rivojlantirish markazidan yangi loyiha — “Bolakay”da marrani KATTA olgan BOLAJONLAR bilan suhbat
Mazkur markazning ilk loyihalaridan biri bo’lgan “Bolakay”da iqtidorli o‘quvchilarimiz bilan podkast shaklida muloqotlar tashkil etib borish maqsad qilingan.
Unda ishtirokchi yoshlarning fikrlari, maqsadlari va erishayotgan natijalari haqida so‘z boradi.