Bolalar uchun milliy kontent: “Renessans” bolalar oromgohida ijodiy muloqot va mahorat darslari tashkil etildi.

Bolalar uchun milliy kontent yaratish avvalo yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashdan boshlanadi. Chunki milliy kontent ishlab chiqaradigan, xalqimizning ruhi va qadriyatlarini his etadigan yangi avlodni tarbiyalash soha kelajagi uchun juda muhim.

Yaqinda “Renessans” bolalar oromgohida tashkil etilgan ijodiy muloqot va mahorat darslari yosh iste’dodlar hamda soha mutaxassislari o‘rtasida ijodiy ko‘prik vazifasini o‘tadi. Professionallar o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi, yoshlar esa kreativ g‘oya va loyihalarini taqdim etishdi.

Bunday samarali va ilhomlantiruvchi loyihalarni mamlakatimizning turli hududlarida muntazam o‘tkazib borish zarur. Chunki yurtimizda haqiqiy iste’dodlar ko‘p, ularga imkoniyat va yo‘l ko‘rsatadigan