Bugun poytaxtimizning Botanika bog‘ida "Tabiat bolalar nigohida" rasmlar tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi!

♻️ Ushbu tanlov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamkorligida tashkil etildi. Unda 28 nafar maktabgacha ta’lim tashkilotining iqtidorli tarbiyalanuvchilari o‘z ijodiy bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdi.

📊 Tanlov saralash bosqichlarida:
– Maktabgacha ta’lim tashkiloti bosqichi: 30 352 nafar ishtirokchi;
 ➡️18 057 o‘g‘il bola
 ➡️12 295 qiz bola
– Tuman/shahar bosqichi: 7 375 nafar ishtirokchi;
– Viloyat bosqichi: 416 nafar ishtirokchi qatnashdi.

🎁 Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

https://t.me/uzedu/36101