
YUNISEF ekspertlari Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilon shaharlaridagi inklyuziv maktablar va "Zamin Creative" ijodiy studiyalari o‘qituvchilari uchun o‘quv seminar-mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda.
YUNISEF ekspertlari Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Marg‘ilon shaharlaridagi inklyuziv maktablar va "Zamin Creative" ijodiy studiyalari o‘qituvchilari uchun o‘quv seminar-mashg‘ulotlari o‘tkazib, samarali muloqotning yangi uslublari, asosiy axloqiy va ta’limtamoyillari borasidagi bilimlari bilan almashdilar.
Trening ishtirokchilari ta’lim jarayonida inklyuziya me’yorlariga rioya qilgan holda bolalar bilan to‘siqsiz o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.
Zamin Creative o‘quvchilarining teatr san’ati, media va dizayn kurslarini muvaffaqiyatli yakunlash natijasida ularning bitiruv ijodiy ishlari yaratildi.
Studiyalarimizning barcha bitiruvchilariga tanlangan yo‘llarida ulkan ijodiy yutuqlar va kasbiy muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!