
BUXORODA 5 TA YANGI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Jondor tumanining Burjoq mahallasida 120 o‘rinli 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tantanali ravishda ishga tushirildi. Marosimda mas’ullar, nuroniylar va jamoatchilik ishtirok etdi.
Shuningdek, tumandagi “Yosh kuch” mahalla fuqarolari hududida joylashgan 42-umumta’lim maktabining bo‘sh turgan qismida tashkil etilgan 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti filialining foydalanishga topshirilishi ham katta tantanaga aylandi.
Olot tuman Gʻanchi chandir MFY hududida joylashgan 3-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti filialining 1978-yilda qurilgan eski binosi o‘rnida 90 o‘rinli, 2 qavatli, zamonaviy va har tomonlama qulay 26-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilib, foydalanishga topshirildi.
Yaqin-yaqingacha 1985 yilda qurilgan, 90 o‘rinli moslashtirilgan binoda o‘z faoliyatini olib borgan Buxoro (https://t.me/bvmmtb/43274) shahridagi 35-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 120 o‘rinli yangi binosi tantanali tarzda ishga tushirildi.
Gʻijduvon tumanining Gulistonobod mahallasida 4 mlrd 200 mln so‘m mablag' hisobiga 43-DMTT qurilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu muassasa 90 nafar bolani qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘lib, bolalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratilgan.