
BUXORODAGI 271 TA TA’LIM MUASSASASIDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
🫥2025-2026-o‘quv yilida umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilar hamda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida viloyatimizda qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
✅Ayni paytda Investisiya dasturi asosida viloyatdagi 20 ta umumta’lim maktablari, 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internati va 7 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
🟡Bu jarayonda 1 ta yangi ta’lim muassasasi qurilib, 15 tasida rekonstruksiya, 5 tasida kapital ta’mirlanadi.
✅Shuningdek, PQ-404-qaror (2024 yil investisiya dastur)ga qo‘shimcha rayosat yig‘lishi bayoni asosida 4 ta umumta’lim va 1 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
✅”Islom” taraqqiyot banki va “Opek” xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida 33 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida, 40 ta umumta’lim maktablarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
🔄Bunda 12 ta yangi ta’lim muassasalari barpo etilib, 43 tasi rekonstruksiya,18 tasi mukammal ta’mirlanadi.
✅Mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 39 ta umumta’lim maktabi va maktabgacha ta’lim tashkilotlari quvvatini oshirish, mavjud muassasalarni mukammal ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari olib borilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, buning uchun 82. 14 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
✅Vazirlar Mahkamasining “Energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida viloyatdagi 42 ta umumta’lim maktabi hamda 24 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
✅”Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 54 ta umumta’lim maktabi hamda 5 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari boshlab yuborildi.
📌Ushbu loyihalar asosida jami 271 ta ta’lim muassasasida 1. 178. 2 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
📍Natijada umumta’lim maktablarida 22 600 o‘quvchi o‘rni, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 7 900 tarbiyalanuvchi o‘rni, yangidan barpo etilgan ixtisoslashtirilgan 2 ta maktabda 840 o‘quvchi o‘rni yaratiladi.