
BUYUK MUTAFAKKIRLAR IJODI – KOMIL INSON TARBIYASIDA
“BUYUK MUTAFAKKIRLAR IJODI – KOMIL INSON TARBIYASIDA”
mavzusida anjuman bo‘lib o‘tdi
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida “ Buyuk mutafakkirlar ijodi – komil inson tarbiyasida” mavzusida ikki buyuk ajdodimiz -- Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda institut direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik Xolboy Ibraimov “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik qarashlari” mavzusida ma’ruza qildi.
Anjumanda institut xodimlari va doktorantlar ikki buyuk shoir ijodidan namunalar o‘qidi, kuy va qo‘shiqlar tinglandi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Matbuot xizmati