Direktorlar kengashi uchun maqsadli o‘quv kurslari tashkil etildi

✅A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida o‘tkazilayotgan treningda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, tizimdagi islohotlar, pedagoglar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, direktorlar kengashi va menejerlik kurslari o'zaro integratsiyasining ahamiyati va boshqa dolzarb masalalar to‘g‘risida nutq so'zladi.

👍O‘quv kurslari 3 kunga mo'ljallangan bo'lib, unda ta'limdagi islohotlar, menejerlik kurslarining mazmuni, ta'limda sun'iy intellektni qo'llash, Direktorlar kengashi faoliyatini metodik qo'llab quvvatlash, inson resurslarini boshqarishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish haqida taqdimotlar hamda muhokamalar o'tkazilishi rejalashtirilgan.