
“E voh” – Erkin Vohidov nomidagi Respublika O‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi start oldi!
📚“E voh” – Erkin Vohidov nomidagi Respublika O‘zbek tili va adabiyoti olimpiadasi start oldi!
✅Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Xalqaro Nordik universiteti, (https://t.me/nordic_edu/6851) UzReport axborot agentligi va IDC ta’lim markazi hamkorligida tashkil etilgan olimpiada o‘zbek tili va adabiyotiga qiziqishni oshirish hamda iste’dodli yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
👩🏫 Ishtirokchilar: respublika bo‘ylab barcha maktab, litsey, kollej va nodavlat ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda xorijiy o‘zbek tili ixlosmandlari.
🗣Olimpiada ikki bosqichda o‘tkaziladi:
➡️1-bosqich – onlayn (telegram botlari orqali test sinovlari)
➡️2-bosqich – offlayn, ijodiy bellashuv.
🏅G‘oliblar oltin, kumush va bronza medallar bilan taqdirlanadi, shuningdek, Xalqaro Nordik universitetida o‘qishga imtiyozli sertifikatlar hamda xorijiy stajirovka dasturlari uchun yo‘llanmalar bilan mukofotlanadi.
📲 Ro‘yxatdan o‘tish uchun Telegram botlar:
@tasimo3_bot | @tasimo2_bot @tasimo1_bot | @tasimo_bot.