Endi har yili “Milliy qadriyatlar targ’ibotchisi” Respublika tanlovi o‘tkaziladi

Endi har yili “Milliy qadriyatlar targ’ibotchisi” Respublika tanlovi o‘tkaziladi 

🔴 “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida  tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish va istiqboldagi rejalar” mavzusidagi o‘quv seminari davom etmoqda.

➖ Tadbirning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirok etib, bugungi kunda yosh avlodni Vatanparlik ruhida tarbiyalash, ularni yot g‘oyalardan asrash haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, qator yangiliklar haqida ma’lumot berildi: 

🔰 Yangi o‘quv yilidan “bog‘cha – maktab – oliy ta’lim” tizimida yagona g‘oyaviy tarbiya tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

✈️ Barcha ta’lim tashkilotlarida haftaning har dushanba kuni “Kelajak soati” darslari tashkil etilib, zarur qo‘llanmalar milliytarbiya.uzplatformasi orqali yetkaziladi. 

Тa’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul rahbar va pedagoglarni rag‘batlantirish maqsadida har o‘quv yilida “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” respublika tanlovi o‘tkaziladi. 

Tanlov g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yiladi.