
ENDI XORIJIY TILLARNI OʼRGANADIGAN YOSHLARGA XARAJATLARI “2+6” SHAKLIDA QOPLAB BERILADI
Inson uchun ona tili bilan birga xorijiy tillarni bilish dunyoga chiqishda juda muhim. Аyniqsa, tijoratda buning oʼrni beqiyos.
Endi, xorijiy tillardan “S1” darajasiga ega boʼlgan yoshlar tashabbus koʼrsatib, olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan oʼquv markazlarini ochsa, ularga 120 million soʼmgacha foizsiz ssuda beriladi.
Shuningdek, mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini ragʼbatlantirish uchun xususiy oʼquv markazlarida xorijiy tillarni oʼrganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi. Bunda oʼquv xarajatlarining dastlabki 2 oyi oʼquvchilarning oʼz mablagʼidan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan toʼlab beriladi.