
FRANSIYA QUROLLI KUCHLARI KICHIK LEYTENANTI FRANSUA-ANDRE UMUMTAʼLIM MAKTABLARIDAGI CHAQIRUVGA QADAR TAYYORGARLIK TIZIMI BILAN TANISHDI
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasiga qisqa muddatli amaliyot oʻtash maqsadida Fransiya Qurolli Kuchlari Sen-Sir Koetkidan harbiy maktablar majmuasi huzuridagi Umumqoʻshin harbiy maktabi kursanti kichik leytenant Fransua-Andre Kyukshini Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻldi.
Ushbu uchrashuv mamlakatimiz yoshlarini harbiy-vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiylash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan respublikada joriy etilgan “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” tizimi bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etildi.
Fransua-Andre Oʻzbekiston Respublikasidagi umumtaʼlim maktablarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqitilishiga katta qiziqish bildirdi.
Shundan soʻng maktabda joriy etilgan chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻquv-xonasida yaratilgan sharoitlar, oʻquvchilar bilan olib boriladigan amaliy dars jarayonlari hamda “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari bilan harbiy sport mashgʻulotlarida ishtirok etdi.