IChO 2025: O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolari oltin va kumush medallarni qo’lga kiritishdi

Dubayda boʻlib oʻtgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida (IChO 2025) O’zbekiston jamoa hisobidagi ko‘rsatkichi bilan yurtimiz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

📊 Yakuniy natijalarga ko’ra terma jamoamizning barcha a’zolari g‘oliblikni qo’lga kiritdi — 2 ta oltin va 2 ta kumush, jami 4 ta medal. 

➖G‘oliblar bilan quyida tanishing:

🥇Daler Rahimov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal,
🥇Mirjahon Muxammadov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal,
🥈Ibrohim Temurov — Toshkent viloyati, Olmaliq shahri Buxoro maktabi o‘quvchisi — kumush medal,
🥈Biloliddin Zuxriddinov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — kumush medal.

🌐 G’oliblarni samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilaymiz!