Ilm-fan, sanoat va taʼlim birlashmoqda

Bugun biz tarixiy jarayon ichidamiz. “Fan – ta’lim – ishlab chiqarish” zanjirini birlashtirgan tizim, nihoyat, O‘zbekistonda shakllanmoqda. 

☑️“Yangi O‘zbekiston” universiteti tashabbusi bilan Germaniya sanoat korxonalari, yurtimizdagi yetakchi kompaniyalar va ilmiy muassasalar ishtirokida Xalqaro sanoat maslahatlashuv kengashi tashkil etildi (https://t.me/newuzbekistanuniversity/3714). 

➖ Siemens Energy, Robert Bosch, TAL Group, Daimler Chrysler, STADA, Olmaliq КМК, Navoiy КМК ва “O'zkimyosanoat” kabi yirik xorijiy va mahalliy kompaniyalar ushbu kengashga birlashdi.

✨ Endilikda sanoat real ehtiyojlari ta’lim dasturlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks etadi, talabalar amaliyot va tajribani yetakchi xalqaro kompaniyalarda oladi, professorlar sanoat bilan bog‘langan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi va O‘zbekiston sanoatining transformatsiyasi uchun malakali kadrlar universitet ichida shakllanadi.

⚡️ Bunday tizimda o‘qiyotgan har bir talaba — kelajakda o‘z ishini boshlash, xalqaro mehnat bozorida o‘z o‘rnini topish va jamiyat taraqqiyotida faol qatnashish imkoniga ega bo‘ladi.

🔹 Bu integratsiya — yoshlarimiz uchun katta imkoniyat, mamlakatimiz uchun esa strategik yutuqdir.