IMO 2025: Terma jamoamiz a’zolari o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi

O‘zbekiston Terma jamoasi a’zolari hozirda Avstraliyada bo‘lib o‘tayotgan 66-Xalqaro Matematika Olimpiadasida ishtirok etib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qo'lga kiritdi.

Umumiy hisobda:
4 ta kumush, 1 ta bronza jami — 5 ta medal!

G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:
Elbek Zohidjonov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi (kumush medal),
Asadbek Boboqulov – “Artel Technical School” NTMning 11-sinf o‘quvchisi (kumush medal),
Rasulbek G‘afforov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi (kumush medal),
Behruz Elmurodov  – Mirishkor tuman 21-maktab, 11-sinf o‘quvchisi (kumush medal),
Ozodbek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi (bronza medal),
Umarbek Ubaydullayev – Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, 7-sinf o‘quvchisi (Honourable mention).

Ma'lumot uchun, ushbu nufuzli xalqaro fan olimpiadasi sovrindori bo‘lgan o‘quvchilar quyidagicha taqdirlanadi: 

2-oʻrin uchun:
➖ oʻquvchilarga — 562 mln 500 ming soʻmdan (1 ming 500 baravar);

3-oʻrin uchun:
➖ oʻquvchilarga — 375 mln soʻm (1 ming baravar).

Eslatib o‘tamiz: 
Terma jamoa a’zolari joriy yil davomida Qirg‘iziston hamda Xitoyda tashkil qilingan qo‘shma o‘quv yig‘in mashg’ulotlarida ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston terma jamoasi 2024-yilgi Xalqaro Matematika Olimpiadasida jami 2 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. 

Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz! Ishonamiz, yoshlarimizning kelasi safar natijalari bugungidan ham yuqori boʻladi!