Institut olimlari Sh.Mardonov, O.Musurmonqulovlar "Pedagog kadrlar tayyorlash tizimining transformatsiyasi — Yangi O‘zbekiston uchun sifatli ta’lim garovi" mavzusida bo'lib o'tayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada

🏛Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti xodimlari pedagogoka fanlari doktori, professor Sh.Q.Mardonov hamda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori - PhD, katta ilmiy xodim v. b., O.U.Musurmonkulovlar ayni paytda Yangi O‘zbekiston universitetida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda dunyoga mashhur Kembrij universiteti bilan hamkorlikda "Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘rsida"gi Prezident farmoni ijrosi doirasida "Pedagog kadrlar tayyorlash tizimining transformatsiyasi — Yangi O‘zbekiston uchun sifatli ta’lim garovi" mavzusida bo'lib o'tayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishmoqda. 

🔸Shuningdek, unda YUNESKO, YUNISEF, Britaniya Kengashi, mamlakatimizdagi ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari vakillari ishtirok etishmoqda.