Kecha — 25-mart — “Yer soati” kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan "Yer vaqti (kuni)" respublika aksiyasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalar ham faol qatnashdi.

Aksiya doirasida vazirlik markaziy apparati binosidagi kompyuter texnikasi, sovitish va isitish uskunalari hamda boshqa elektr energiyasi orqali foydalaniladigan texnik vositalar bir soat davomida (14:00-15:00) tarmoqdan toʻliq uzildi.

Ushbu vaqt orasida vazirlik xodimlarining bino atrofida ixtiyoriy sayr qilishlari tashkil etildi.