Kecha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida yurtimiz bo‘ylab “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali “Vaʼda berish” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Kecha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida yurtimiz bo‘ylab “Jasorat sinfi” oʻquvchilarining tantanali “Vaʼda berish” tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, Mudofaa vaziri o'rinbosari Hamdam Qarshiyev, Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Nuriddin Kadirov, Milliy Gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari Sarvar Mamayusupov, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, mas'ullar, o‘quvchilar hamda ota-onalar qatnashdi. 

🔹 Tadbirda bugungi kunda ta'limda amalga oshirilayotgan islohotlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash haqida so‘z bordi. 

🔰 Shundan keyin "G‘alaba bog‘i" majmuasidagi "Millat fidoyilari" yodgorlik majmuasi poyiga gul qo‘yish marosimi ham o‘tkazildi. 

Shundan so‘ng, ishtirokchilar majmuada joylashgan muzeyda ham bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Ularga faxriylar tomonidan ochiq dars ham tashkil etildi. 

Maʼlumot o‘rnida: hozirda Respublikamizdagi 208 ta “Jasorat maktablari” uchun 5 408 nafar oʻquvchi saralab olingan.