“Kelajak soati” 5-mavzu

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARI UCHUN DAVRA SUHBATI:

 “USTOZIM-OFTOBIM”

 

Davra suhbatining maqsadi:

- Ustoz kim ekanligini tanishtirish;

- Bolalarga tarbiyachining mehnatini tushuntirish;

- Mehr-oqibat, hurmat va qadrlash tuyg‘ularini shakllantirish;

- Tarbiyachini ustoz mehnatini qadrlash.

 

Kutilayotgan natija:

- Bolalarda tarbiyachiga nisbatan mehr, hurmat va minnatdorchilik hissi shakllanadi;

- Tarbiyachilarning mehnatini, ularning bog’chadagi o‘rnini anglaydi;

- Bolalar va tarbiyachilar o‘rtasida iliq munosabatlar mustahkamlanadi;

- Tarbiyachi kasbiga nisbatan ijobiy munosabat va qiziqish uyg‘onadi.

Kerakli jihozlar:

- Davra shaklida joylashtirilgan stullar (bolalar va tarbiyachilar uchun)

- Tarbiyachilar suratlari;

- Bolalarning chizgan rasmlari, qo‘l mehnatlari (tarbiyachiga atalgan);

- Gullar yoki sovg‘achalar (ramziy tarzda tarbiyachilar uchun);

- Loyiha taqdimoti yoki slaydlar uchun proyektor (agar multimedia qo‘shilsa);

- Qog‘oz, flomasterlar, magnit yoki skotch (ishga qarab);

- Gul bezakli stolcha (markazda joylashgan bo‘lishi mumkin).

 

Davra suhbatining davomiyligi: 7-10 daqiqa

 

I.KIRISH QISMI:

Tarbiyachi: Assalom alaykum, aziz bolajonlar! Bugun biz juda ajoyib kun.

Tarbiyachi bolalarga savollar bilan murojaat qiladi.

- Aytingchi,  bolajonlar, har kuni ertalab kim sizlarni bog‘chada kutib oladi?

- Bog‘cha opalar sizlarga nima o‘rgatadi?

-Bog‘cha opalar, sizni mehr bilan kutib oladigan, har kuni ezgu so‘zlar o‘rgatadigan, sizga yordam beradigan eng birinchi ustozdir. Bolajonlar, aytingchi, bog‘cha opa bo‘lish osonmi?

Bolalar javobi tinglanadi.

Tarbiyachi: Ha, to‘g‘ri aytdingiz! Tarbiyachi bu sabrli, mehrli va g‘amxo‘rlik ustozdir!

 

 

 

 

                                    

Syujetli-rolli o‘yin.

“Tarbiyachining bir kuni” (bolalar ijrosida)

Bir qizcha tarbiyachi. Ovqatlanayotgan, rasm chizayotgan, to‘palon qilayotgan,

o‘yinchoq o‘ynayotgan bola.

Mazmuni: Tarbiyachi bolalarni uyg‘otadi, ovqatlantiradi, rasm chizdiradi, raqsga chorlaydi, bir bolani yupatadi. Barcha bolalar oxirida unga “Rahmat, ustozim!” deb gul uzatadi.

 

 Interfaol savol-javob

Tarbiyachi: Siz tarbiyachi-ustozingizga qanday shirin so‘zlar aytmoqchisizlar?

Bolalarning samimiy javoblari tinglanadi.

- men tarbiyachi-ustozimnini yaxshi ko‘raman.

- tarbiyachi-ustozim juda chiroylilar.

- musiqa ustozimiz bizga qo‘shiq va raqslar o‘rgatadilar.

- ustozim meni doim quchoqlaydilar.

- ustozimga rahmat aytaman!

 

Tarbiyachi: Bugun siz bolalarimiz orqali bog‘chadagi ustozlar mehnatini ko‘rdik. Sizlarni qalbingizda mehr, hurmat va minnatdorchilik borligini sezdik. Sizlarga katta raxmat!

 

Qo‘shimcha yod olish uchun she’rlar

 

BOGʻCHA OPA, BOʻLMANG XAFA

 

P.Moʻmin

 

Bogʻcha opamiz -

Bizning mehribonimiz.

Gaplaringiz muloyim,

Omon boʻling har doim,

Biling, bogʻcha opajon,

Hech qilmaymiz toʻpolon,

Sizni yaxshi koʻramiz,

Yoningizda  yuramiz.

 

 

BOG‘CHА OPАMIZ

Ravshan Isoqov

Boshimizda soyabon,

Biz gullar, ular bog‘bon.

Onamizday mehribon,

Bizning bog‘cha opamiz.

 

O‘rgatar qo‘shiq, sheʼrlar,

Oftob, chirog‘im, derlar.

Ko‘p hurmatga arzirlar,

Bizning bog‘cha opamiz.

 

Turli o‘yin o‘ynaymiz,

Sho‘xligimiz qo‘ymaymiz.

Mehriga hech to‘ymaymiz,

Аziz bog‘cha opamiz.