Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasidagi ishlardan lavhalar. (Farg'ona)

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda kadrlar tayyorlash, oʻqitish va rivojlantirish kompleks markazini qurish orqali maktabgacha taʼlim pedagog kadrlari malakasini oshirish” loyihasi doirasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

✅12–14 avgust kunlari Janubiy Koreyaning Dong-Eui universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahridagi 28-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amaliy tajriba almashish mashg‘ulotlari hamda ota-onalar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

➡️ Ushbu trening 2025-yil sentyabrdan joriy etilishi rejalashtirilgan “O‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya” jarayoniga tayyorgarlik bosqichidir.