
“Korrupsiyasiz soha” loyihasini takomillashtirish, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul va “Dolzarb 90 kunlik” — navbatdagi "Vazir soati" bo‘lib o‘tdi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida tizimni korrupsiyasiz sohaga aylantirish, yozgi taʼtil davrida oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, DXSH sohasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bagʻishlangan “Vazir soati” boʻlib oʻtdi.
🔰Vazir Hilola Umarova kuni kecha oʻtkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining tizimda korrupsiyani oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan sayyor majlisiga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Masʼullar oldiga “Korrupsiyasiz soha” loyihasini takomillashtirish, oʻquvchilar uchun innovatsion gʻoyalar asosida maxsus dastur va ilmiy yondashilgan kontentlar ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
➖ Yigʻilishda Davlatimiz rahbarining joriy yil 15-maydagi tegishli Farmonida belgilangan qator vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.
🔹 Iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash hamda global mehnat bozorida raqobatbardosh boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusida ilgari surilgan maqsad va vazifalarni oʻz vaqtida bajarish boʻyicha masʼullarga zarur koʻrsatmalar berildi.