
Mahalla hamkorlik: Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti jamoasi Termiz tumani Yangiobod mahallasi faollari bilan
🔸Bugun kunning ikkinchi yarmida Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlar doktori, akademik X.Ibraimov boshchiligidagi institut vakillari Termiz tumani Yangiobod mahallasi faollari bilan "Oila - Vatan ichra Vatan" mavzusida suhbatlashdilar.
🔹 Shuningdek, institut vakillari oilaning jamiyatdagi o‘rni, oila va tarbiya, mahalla, oila va maktab hamkorligi, tarbiyada o‘qituvchi va ota-ona hamkorligi borasida ma’ruza qildilar, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida Ijtimoiy emotsional taʼlim (Social and Emotional Learning-SEL) metodikalarini joriy qilish boʻyicha ota-onalar va jamoatchilikning fikr va takliflari tinglandi, mahalla faollari va ota-onalarning ushbu masalalar bo‘yicha savollariga javob berdilar.