
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Andijonda
✈️Andijon: o‘rganishlar davom etmoqda
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Andijonda bo‘lib, ta'lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
➖ Xususan, vazir dastlab Asaka tumanidagi "Jasorat maktabi" sifatida tanlab olingan 25-IDUMda yaratilgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi.
📍 Shuningdek, Asaka tumanidagi metodik tayanch sifatida tanlab olingan 9-DMTT tarbiyachilari bilan suhbat qurib, bugungi kun tarbiyachisi bolajonlarni ham ma'nan ham jismonan barkamol etib voyaga yetkazishga alohida e'tibor qaratishi lozimligini ta'kidladi.
O‘rganish ishlari davomida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik Mahorat instituti na'munasida Bobur shahrida qad rostlayotgan "Andijon Pedagogik mahorat markazi" yangi binosining qurilish ishlarini ham ko‘zdan kechirdi.