
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova vazirlik huzuridagi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutidagi shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
🏛 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova vazirlik huzuridagi Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutidagi shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
O‘rganishlar doirasida vazir institut olimlari, ilmiy xodimlar, tayanch doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar bilan muloqot qildi.
➖ Uchrashuvda maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi tarbiya sohasidagi muammolar, ularni ilmiy tatqiq qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, vazir muloqot davomida mavzuga doir o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadqiqotchilar institutda yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidam o‘z fikrlari va kelgusidagi rejalar bo‘yicha takliflarini bildirishdi.