Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Namangan viloyatidagi taʼlim muassasalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, Davlatobod tumanidagi 58- va Namangan shahridagi 38-maktablardagi toʻgarak va mashgʻulotlarni koʻzdan kechirdi. Jarayon davomida yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi.

Maʼlumot uchun: “Dolzarb 90 kun” tadbirlariga viloyatdagi 330 ming nafar, jumladan yozgi dam olish oromgohlariga 7 ming nafarga yaqin, kunduzgi statsionar oromgohlarga 10 ming nafar, “Barkamol avlod” bolalar maktablariga 12 ming nafarga yaqin oʻquvchi-yoshlar jalb qilingan.