Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov hamda “BBW” Bavariya iqtisodiyotining kasbiy taʼlim uyushmasi bosh direktori Volker Falx o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekistonda nemis tajribasi asosida o‘rta taʼlim maktablarda kasbga o‘qitish dasturlarini joriy qilish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida hamkorlik kelishuvi imzolandi, unda:

◀️ kasbiy taʼlim va kasbiy qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish bo‘yicha tajriba almashish;

◀️  O‘zbekistondagi maktablarda amaliyotga yo‘naltirilgan taʼlimni joriy etish, bu yo‘nalishga kerakli o‘quv dastur, adabiyot va o‘qituvchilarni tayyorlashni bo‘yicha birgalikda ish olib borish;

◀️  “kasbiy taʼlim ustalari”ni tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

◀️ nemis tili egalarini O‘zbekistonning o‘rta maktablariga kasbiy taʼlimni o‘qitishga jalb qilish kabi yo'nalishlarda hamkorlik qilish belgilangan.