Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Najot” loyihasi doirasida “Yo‘l” filmi taqdimoti bo‘lib o’tdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Najot” loyihasi doirasida “Yo‘l” filmi taqdimoti bo‘lib o’tdi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova, Oliy Majlis Senati masʼullari, jurnalistlar hamda keng jamoatchilik vakillari, film ijodkorlari ishtirok etdi.

➖ Vazir E’zoza Karimova tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda davlatimiz tomonidan pedagoglar maqomini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida so’z yuritdi.

Shundan so’ng, filmning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda Buxoroning Romitan tumanidagi 38-maktab o‘qituvchisi Billura Ikromaning hayoti hikoya qilindi. 

🔰 Ta’kidlash joiz, Davlatimiz rahbari “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” arafasida soha xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqotda Billura Ikromova boshlagan ezgu ishni alohida e’tirof etgan edi.

🌐 Billura Fullbright TEA dasturi ishtirokchisi, TESOL, ESOL va IELTS (C1) kabi nufuzli xalqaro sertifikatlar sohibasi, qishloq qizlari uchun mentorlik loyihasi tashabbuskori.

📊 Uning tashabbusi bilan yirik grantlar uchun loyihalar tayyorlanib, yuzlab yoshlar xorijda ta’lim olish va ijtimoiy dasturlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

🌐Billuraga mehnatlarining e’tirofi sifatida “Prezident sovg‘asi” – BYDCHAZOR avtomobili tantanali tarzda topshirildi.

👉 Mazkur filmda Billura Ikromovaning mazkur hayot va kasbiy yo‘li, erishgan yutuqlari badiiy shaklda hikoya qilinadi.