Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

https://uzedu.uz/uz/news/1933

Mudofaa vazirligi Qurolli Kushlar Davlat muzeyida “Maʻnaviy-maʻrifiy ishlar aʻlochisi” koʻkrak nishoniga munosib deb topilgan davlat va jamoat tashkilotlari vakillarini taqdirlashga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Marosimda Mudofaa vaziri oʻrinbosari general-mayor Hamdam Karshiyev Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshlig'i Azamat Kamalovga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishonini topshirdi.