Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmalari mas'ullari uchun seminar trening.

2024-yil 11-13-dekabrda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari mas’ullarini o‘qitish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi. Unda Qori Niyoziy nomidagi TPMI “Mahalla-oila-maktab hamkorligi” ilmiy tadqiqotlar bo‘limi mudiri, p.f.f.d (PhD) katta ilmiy xodim L.M.Qaraxonova “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi. Mazkur seminar-terningni tashkil etishdan maqsad maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirish, taʼlim jarayoniga innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va raqamli texnologiyalarni keng joriy etishdan iborat bo‘lib, unda hududiy boshqarma boshliqlarining oʻrinbosarlari va hududiy boshqarmalarning maktabgacha taʼlim tizimini muvofiqlashtirish shoʻbasi mudirlari ishtirok etdi.