
MAKTABLARGA ZAMONAVIY KOMPYUTER JAMLANMALARI VA JIHOZLAR TOPSHIRILDI
Bugungi kunda yoshlarga kasb o‘rgatish, ularning qiziqish va salohiyatini to‘g‘ri yo‘naltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Shu maqsadda maktablarda kasbga o‘qitish tizimi bosqichma-bosqich takomillashtirilmoqda.
Viloyat hokimining farmoyishiga asosan kasbga o‘rgatish tizimi doirasida tanlangan hududdagi 14 ta ta’lim muassasalarini kompyuter jamlanmalari, hom ashyo va jihozlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida mazkur ilm maskanlari direktorlariga 560 mln so‘mli anjomlar tantanali topshirildi. Tadbir davomida ushbu texnik vositalar o‘quvchilarning kasb-hunar ko‘nikmalarini chuqur egallashi, amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishi hamda maktabni bitirgach, o‘z kasbiga ega bo‘lib mehnat faoliyatini boshlashi uchun muhim vosita bo‘lishi ta’kidlandi.