
“Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!" Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi
🔴 “Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!" shiori ostida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo pedagoglari xalqaro forumi davom etmoqda.
👉 Bugun kunning ikkinchi yarmida forum ishtirokchilari turli guruhlarga bo‘lingan holda seminar tadbirlarida qatnashdi.
🔰 Ishtirokchi davlatlarning o‘zaro tanishtiruv bo‘yicha badiiy chiqishlari, milly taomlarni tayyorlash jarayonlari, turistik manzillarga qilingan sayohatlar barchada birdek manzur bo‘ldi.
➖ Shuningdek, hududda tashkil etilgan qoraqalpoq milliy sanʼati namunalari hamda etnografik badiiy chiqishlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
👉 Ertaga Forumning asosiy tadbirlari Nukus shahridagi "Oq qush" majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
❗️Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!