“MUVOZANAT” – Pedagoglarni psixologik qo‘llab-quvvatlash treninglari start oldi

✅Bugun Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universitetida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun mo‘ljallangan ikki kunlik “Muvozanat” treningi o‘z faoliyatini boshladi.

📆Ushbu trening joriy yilning oktabr-dekabr oylarida Respublika bo’ylab bosqichma-bosqich bo’lib o’tadi.

🤥Treningning asosiy maqsadi — tarbiyachilar va pedagoglarga ichki muvozanatni saqlash, professional salomatlikni mustahkamlash hamda bolalar uchun emotsional farovon muhit yaratishda yordam berishdir.

✔️Dastur vazifalari:
• Emotsional salomatlikni tiklash va qo‘llab-quvvatlash;
• Professional charchashning oldini olish;
• Bolalar uchun emotsional sog‘lom muhitni shakllantirish;
• Jamoada do‘stona va ekologik muhit yaratish;
• Amaliy psixologik texnikalar va o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
• Emotsional intellekt va motivatsiyani oshirish;
• Zo‘ravonlik holatlarining oldini olish.

➡️Trening davomida mutaxassislar amaliy mashqlar, interaktiv mashg’ulotlar va ma’ruza modullari orqali tajriba almashadilar.