
Namanganlik o‘quvchilar tomonidan urug‘larning 99 foiz xatosiz unib chiqishini ta'minlaydigan qurilma yaratildi
Uchqo‘rg‘on tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o‘quvchilari Nafisa Dilmurodova, Nurillo Nurmurodov hamda Muhammadaziz Mamajanovlar tomonidan muqobili bo‘lmagan, urug‘ yetishtirish texnologiyasiga asoslangan innovatsion qurilma yaratildi.
“Seed house” nomli ushbu texnologiya atigi 24 soat mobaynida ikki mingga yaqin har qanday sabzavot va o‘simliklar urug‘larini 99% xatosiz unib chiqishini ta’minlaydi.
Bu esa qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish, urug’chilikda jahonning qimmatli genofondini saqlab qolish hamda undan samarali foydalanishga xizmat qiladi.
O'quvchilarimiz sifatli ko‘chat parvarishi bo‘yicha yirik fermer xo‘jaligi bilan shartnoma imzolashga erishgan va hozirda mazkur loyiha uchun patent olish ustida ish olib borishmoqda.
https://t.me/namanganv_xtb/21978