
#NAVOIY_DAY - CHELLENDJI TASHKIL ETILDI.
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institute tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bag‘ishlab “CHELLENDJ” tashkil etildi.
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy o‘zbek xalqi tarixida yorqin sahifa ochgan, o‘z-o‘ziga ma’naviyat va ma’rifatdan mangulikka haykal qo‘ygan siymolaridan sanaladi. Xondamirning “Makorimul-axloq” asarida Alisher Navoiyning xizmat va fazilatlari shunday tavsiflanadi “... to qiyomatgacha va qiyomatda ham ulug‘ hazratning yoqimli fe’llari va yaxshi ishlari zamon sahifalarida, kecha va kunduz varaqlarida mangu qolur”. Darhaqiqat, xalq o‘z suyukli farzandi ijodiy merosini unutgani yo‘q, uning odob-axloqi folklor asarlarida afsona bo‘ldi. To hozirga qadar ulug‘ bobokalonimiz tavalludining keng nishonlanib kelmoqda. Jumladan, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2025 yilni Navoiy viloyatida “Alisher Navoiy yili”, deb e’lon qilingani bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Alisher Navoiy jahon she’riyat hazinasini durdona asarlari bilan boyitgan, Husayn Bayqaro saltanatida davlat arbobi sifatida bunyodkorlik va ma’naviy-ma’rifiy islohotlar olib borgan, amalga oshirgan ishlari sababli «amiri kabir» (ulug‘ amir), «amiri muqarrab» (eng yaqin amir) unvonlariga sazovor bo‘lgan. «Habib us-siyar»da keltirilishicha, Alisher Navoiy o‘z mablag‘lari hisobidan Xurosonda bir necha madrasa, 40 ta rabot, 17 ta masjid, 10 ta xonaqoh, 9 ta hammom, 9 ta ko‘prik, 20 ga yaqin hovuzlar qurdirgan. Uning tashabbusi va mablag‘i bilan qurdirilgan Ixlosiya majmuasi hozirga qadar butun dunyo ahli uchun o‘ziga xos mo‘jiza hisoblanadi.
Alisher Navoiy barcha asarlarida komil inson tarbiyasiga alohida e’tibor qaratgan. U tarbiyani o‘ta jiddiy va murakkab jarayon, deb biladi.
Ulug‘ bobomiz o‘z she’rlarida inson axloq-odobi haqida mukammal yo‘riqnoma, dastur tuzganlarki, unga qarab o‘zimizda komil insonni tarbiyalashga harakat qilishimiz zarur.
Bugungi chellendj tashkil etilib davom etmoqda.