Navro‘z bayrami arafasida yurtimiz bo‘ylab qator ta’lim muassasalarining yangi binolari foydalanishga topshirildi.

🌸 Navro‘z bayrami arafasida yurtimiz bo‘ylab qator ta’lim muassasalarining yangi binolari foydalanishga topshirildi. Xususan:

➖ Navoiy viloyati, Zarafshon shahrida yangi 14-umumta’lim maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

➖ Samarqand viloyati, Samarqand shahri 82-umumta’lim maktabi ham foydalanishga topshirildi.

Ushbu maktab 1680 o‘rinli bo‘lib, barcha sharoitlarga ega.

➖ Toshkent viloyati, Oqqo‘rg‘on tumanida 49-IDUMning qo‘shimcha 330 o‘rinli hamda 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 360 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosinining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

➖Buxoro viloyati, Buxoro tumanidagi 41-son maktabgacha ta’lim tashkiloti binosi yangidan qurib bitkazildi. 

Mazkur bog‘cha 125 o‘rinli bo‘lib,  unda barcha sharoitlar yaratilgan. 

➖ Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida 12-maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur ta’lim muassasasi 120 o’ringa mo‘ljallangan. 

📍 Shuningdek, mazkur tumanda yangi 2- va 24-maktablar foydalanishga topshirildi.