Nodirbek Abdusattorov “Tata Steel Chess” turnirida sovrindor boʻldi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahri mezbonlik qilgan ikki xaytalik shaxmat boʻyicha anʼanaviy “Tata Steel Chess-2025” musobaqasi oʻz nihoyasiga yetdi.

Unda "2Masters" guruhida 3-oʻrinni egallab turgan Nodirbek Abdusattorov oq donalarda hindistonlik Pentala Xarikrishnaga qarshi bahs olib bordi va durang natija qayd etdi.

Musobaqaning soʻngi, 13-turida amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaradju vatandoshi Arjun Ergaisiga imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi oʻrindagi Rameshbabu Pragnanandha ham soʻnggi turda germaniyalik Vinsent Keymerga yutqazib qoʻydi. Nodirbek Abdusattorov esa asosiy raqiblari taqdim etgan bu imkoniyatdan unumli foydalana olmadi.

https://yuz.uz/news/nodirbek-tata-steel-chess-turnirida-sovrindor-boldi