
AKADEMIK VA YOSHLAR UCHRASHUVI.
O‘zR FA akademigi, pedagogika fanlari doktori, akademik, Qori Niyoziy nomidagi Pedagogik ilmiy tadqiqotlar instituti direktori Xolboy Ibraimov Ibragimovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-55-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025 yil uchun ishlab chiqilgan chora-tadbir rejasiga asosan Jizzax viloyatidan akademik tashrifini boshladi.
Akademik Xolboy Ibraimov Ibragimovich ilmiy jamoasi ishtirokida Jizzax viloyati Ixtisoslashtirilga ta’lim muassalari agentligi tizimidagi Do'stlik va Baxmal tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarida "AKADEMIK VA YOSHLAR" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvlarda akademik X.Ibraimov nutq so‘zladi.
Shuningdek, kelajagimiz yoshlariga ,bugungi global davrda yoshlarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari qanday erishish va ilm olish, hayot tarbiyasi bobida hamda akademikning hayoti va ijodi haqida gapirib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan berilgan savollarga javob berildi. Maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari o‘tkazilgan uchrashuvdan mamnunligi hamda o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.