
Oʻqituvchilar olimpiadasi gʻoliblari taqdirlandi
Xabar qilinganidek, https://t.me/uzedu/33175 oʻtgan bir necha kun davomida poytaxtimizda fizika va kimyo fanlari boʻyicha Oʻqituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
Unda mazkur olimpiadaning hududiy bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 140 nafar (har bir hududdan 5 nafar fizika va 5 nafar kimyo fani) oʻqituvchilar oʻzaro kuch sinashdi.
Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan olimpiadaning taqdirlash marosimida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov hamda boshqa masʼullar qatnashdi.
Olimpiada Nizomiga koʻra, fanlar kesimida yuqori natijalarni qayd etgan 3 nafardan jami 6 nafar ishtirokchi gʻolib, deb topildi. https://t.me/Fan_olimpiadalari_M/6038 Shuningdek, eng yuqori natija koʻrsatgan 10 nafar ishtirokchi Fan olimpiadalari markazining “Fan kengashi” aʼzoligiga qabul qilindi.
Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining maxsus Diplomi hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.