“Oʻzbekistonda kadrlar tayyorlash, oʻqitish va rivojlantirish kompleks markazini qurish orqali maktabgacha taʼlim pedagog kadrlari malakasini oshirish” loyihasi doirasida navbatdagi trening.

Bugun Maktabgacha taʻlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida KOICA bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda kadrlar tayyorlash, oʻqitish va rivojlantirish kompleks markazini qurish orqali maktabgacha taʼlim pedagog kadrlari malakasini oshirish” loyihasi doirasida navbatdagi trening mashgʻulotlari boshlandi.

🗓 Trening joriy yilning 28-iyul – 1-avgust kunlari davomida Janubiy Koreyaning Dong-Eui universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va Farg‘ona viloyati maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va pedagog xodimlari uchun o‘tkaziladi.

💬 Ushbu trening 2025-yil sentabrdan boshlab joriy etilishi rejalashtirilgan “O‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya” jarayoniga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.

✏️Trening quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Asosiy nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish;
Amaliy tajribani o‘rganish;
O‘z sharoitida sinov tariqasida qo‘llash.

➡️Ma’lumot uchun: Avgust oyida Quvasoy, Nukus va Toshkentdagi DMTTlarda amaliy mashg‘ulotlar, ota-onalar bilan uchrashuvlar, hamda yangi namunaviy DMTT binosini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.