Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim sohasida erishilayotgan yutuqlar xalqaro miqyosda eʼtirof etildi

Yurtimizda maktabgacha taʼlim sifati samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan tashabbus va amaliy ishlar koʻplab xalqaro tashkilot va ekspertlar tomonidan yuqori baholanmoqda.

➖

 Xususan, “Oʻzbekistonda bolalarni erta rivojlanishini takomillashtirish” xalqaro loyihasi boʻyicha olib borilayotgna va erishilgan natijalar Jahon bankining “Yevropa va Markaziy Osiyoda maktabgacha taʼlim va inklyuziv taʼlim orqali asosiy koʻnikmalarni shakllantirish” tashabbusi doirasida alohida eʼtirof etildi.

➖ Jahon banki Oʻzbekistonning maktabgacha taʼlim sohasida, xususan, bogʻcha yoshidagi bolalarning inklyuziv maktabgacha taʼlim qamrab olish saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.