O‘zbekistonlik o‘qituvchilar Fransiyada malaka oshirmoqda

➖ Fransiya janubidagi dengizbo‘yi Nitsa shahrida o‘zbekistonlik 85 nafar fransuz tili fani o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.

➡️Ikki hafta davom etadigan mazkur malaka oshirish kurslarida ishtirokchilar “Fransophonia” universitetining mahoratli trenerlari yordamida xalqaro DELF sertifikatlari imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishadi. Shu bilan bir qatorda, O‘rta Yer dengizi qirg‘og‘idagi Monako, Vilfransh va bir qator diqqatga sazovor shaharlarga tashrif buyurishadi. 

➕Bugun tashkilotchilar tomonidan o‘qituvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Ayni vaqtda pedagoglar metodik bilim va ko‘nikmalarini oshirishga mo‘ljallangan dars jarayonlarida ishtirok etmoqda. 

⬇️Eslatib o‘tamiz, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur taʼlim sayohati joriy yilning iyun va iyul oylarida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan intensiv kurslarning mantiqiy davomi hisoblanadi.