
Olis hududlardagi PEDAGOGLAR uchun MOBIL MALAKA OSHIRISH AVTOBUSLARI yo‘lga otlandi
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mobil malaka oshirish xizmatlari negizida tashkil etilgan avtobuslarni hududlarga tarqatish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda vazirlik mas’ullari va OAV xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda avtobuslarda yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Ma'lumot o‘rnida: mazkur mobil malaka oshirish xizmatlari respublikaning uzoq va chekka hududlarida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun joriy etilgan.
Tajriba-sinov tariqasida ushbu avtobuslar ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlariga jo‘natilmoqda.
Mobil malaka oshirish xizmatlari 4 ta auditoriya ko‘rinishidagi qayta jihozlangan avtobuslar negizida tashkil etilgan.
Avtobuslarning har biri 10 ta noutbuk, 1 dona interaktiv monitor, yozuv doskasi, WI FI router bilan qayta jihozlangan.