“Ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid metodik bilimlarini rivojlantirish mexanizmlari: muammolar va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

🏛 Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida 2025-yil 6-may kuni “Ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid metodik bilimlarini rivojlantirish mexanizmlari: muammolar va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

🔸Mazkur anjumanda yetakchi olimlar, amaliyotchi pedagoglar, mahalla faollari hamda doktorantlar ishtirok etdilar. Anjuman doirasida farzand tarbiyasining zamonaviy yondashuvlari, oilaviy tarbiya muhitini takomillashtirish yo‘llari, ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish usullari, shuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali oilaviy tarbiyada samaradorlikni ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

🔹Anjumanda qatnashchilar o‘z ma’ruzalari va tajribalari bilan o‘rtoqlashib, dolzarb muammolarga yechim bo‘ladigan takliflar bilan chiqishdi. Yakunda anjuman qarorlari ishlab chiqildi va tavsiyalar shakllantirildi.
https://t.me/Uzpfiti_uz/1482