
Poytaxt taʼlim muassasalari faoliyatiga doir qator masalalar muhokama qilindi
Bugun poytaxtimizda joylashgan Simpoziumlar saroyida Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari va pedagoglari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov, poytaxt tumanlari hokimlari, masʼul rahbarlar hamda taʼlim tizimi vakillari ishtirok etdi.
😄 Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda bugungi kunda sohada olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, taʼlim sifatini oshirish, tizimni raqamlashtirish, malakali kadrlar bilan taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida soʻz yuritildi.
Qayd etilganidek, ayni vaqtda poytaxtimizda 326 ta umumtaʼlim maktabi mavjud boʻlib, ushbu taʼlim maskanlaridagi 500 ming nafarga yaqin oʻquvchilarga 25 ming nafardan ortiq pedagog-oʻqituvchilar taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.
Shuningdek, 499 ta davlat, 431 ta nodavlat, 10 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, 107 ta oilaviy, umumiy hisobda 1 047 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 160 ming nafardan ortiq tarbiyalanuvchi bor.
Batyafsil: https://gov.uz/oz/uzedu/news/view/35187