Poytaxtimizning Mirobod tumanida joylashgan 34-EDMTTda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri bo‘lib o‘tdi.

15-iyul kuni poytaxtimizning Mirobod tumanida joylashgan 34-EDMTTda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Unda mas'ullar va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi hamda ta'lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. 

➖ Shuningdek, tadbir davomida Robototexnika, "Turon teatrining yosh havaskorlari" va gimnastika to‘garaklaridagi mashg‘ulot jarayonlari namoyish etildi. 

🌐 Shuningdek, bolajonlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidorini to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi. 

🔰 "Ochiq eshiklar kuni" doirasida "Dadam, onam, men — kuchimiz hammasi teng" mavzusida tarbiyalanuvchilar va ota-onalar estafetasi ham tashkil etildi.